Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida 315 dan ortiq kishi noma`lum kasallik sababli kasalxonaga yotqizilgan va bir kishi vafot etgan. Bu haqda «The Hindu» nashri xabar berdi.
Nashr ma`lumotlariga ko`ra, bemorlarda bosh aylanishi, bosh og`rig`i va epilepsiyaga o`xshash alomatlar kuzatilgan. Mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Alla Kali Krishna Srinivasning aytishicha, hozirda bemorlarning uylari tekshirilmoqda.
Barcha xastalanganlar koronavirusga test topshirgan. Ammo tahlillarda salbiy natija qayd etilgan. Shifokorlar bu qanday kasallik ekanini aniqlay olmagan. Ayni vaqtda bemorlar ichayotgan suv, ovqatlar va qonlarining tahlil natijalari kutilmoqda.
«The Times of India» bemorlar 5 dekabrdan boshlab tez tibbiy yordamga murojaat qilishni boshlashgan. Keyinroq noma`lum kasallik alomatlari Eluru shahrining turli mintaqalarida yashovchi 45 kishida ham paydo bo`lgan.
Ta`kidlanishicha, mutaxassislar kasallik sabablari sifatida bir nechta omillarni o`rganmoqda. Shu jumladan, havoning ifloslanishi yoki sifatsiz mahsulotlardan zaharlanish kasallikka sabab bo`lgan bo`lishi mumkinligi aytilmoqda.






