Mahalliy OAVga ko`ra, Janubiy Koreya hukumati poytaxt Seul va unga yaqin bo`lgan hududlarda ijtimoy masofalanish borasidagi cheklovlarni kuchaytiradi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
Bugungi kunda Janubiy Koreyada koronavirus tarqalishi so`nggi to`qqiz oydagi eng yuqori darajaga ko`tarilgan bo`lib, mamlakatning tibbiyot tizimi qiyinchilikka duch kelmoqda.
Koreya Kasalliklarni Nazorat qilish va ularning oldini lish Agentligi shanba kuni mamlakatda 631 ta yangi bemor aniqlanganini qayd etdi. Koreyada koronavirus tarqalishi bo`yicha bunday yuqori ko`rsatkich oxirgi marta fevralning yakuni va mart oyining boshlarida qayd etilgandi. Ayni paytda Janubiy Koreyada COVID-19 ga chalinganlar soni 37 456 kishini, qurbonlar soni esa 545 nafarani tashkil qilmoqda.
Agentlikning ma`lum qilishicha, Janubiy Koreyada koronavirusning yangi to`lqini yuz berayotgani sabab kasalxonalardagi bemorlar soni 7873 nafarga etgan. Bu esa kasalxonalardagi bemorlar uchun ajratilgan maxsus joylar etmay qolishi borasidagi xavfni kuchaytirmoqda.
Janubiy Koreyada yaqin kunlarda qayd etilgan kasallarning eng ko`p qismi poytaxt Seulda aniqlangan. Shuning uchun bu shaharda karantin cheklovlari keskin tazrda kuchaytirildi. Jumladan, ko`plab muassasalar va do`konlar kechki soat 9 dan keyin faoliyat yuritmasligi, kechqurunlari jamoat transportining harakati 30 foizga qisqartilishi belgilandi.
Yakshanba kuni joriy qilingan chora-tadbirlarga ko`ra, 50 kishi va undan ortiq kishining yig`ilishi taqiqlanadi, diniy yig`ilishlarda va maktab mashg`ulotlarida qatnashuvchilarga nisbatan qat`iy cheklovlar qo`yiladi, sport zallari va karaoke barlari kabi joylar ham yangi cheklovlarga duch keladi.
Ushbu cheklovlar kamida uch hafta, oy oxirigacha davom etadi, deb xabar berdi News1 axborot agentligi.






