AsosiyJamiyat

Buxoroda gaz yo`qligidan norozi aholi katta yo`lga chiqib, norozilik uyushtirdi. Vaziyat o`rganilmoqda (video)

'Buxoroda gaz yo`qligidan norozi aholi katta yo`lga chiqib, norozilik uyushtirdi. Vaziyat o`rganilmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda gaz yo`qligidan norozi aholi mashina yo`lini to`sib qo`yib, katta ko`chalarga chiqib ketayotganligi haqidagi video tarqaldi. 

Videoda aholining transportlar yo‘liga chiqib, ularning harakatiga to‘sqinlik qilayotgani va gaz yo‘qligini aytayotgani tasvirlangan.

Ayni paytda mazkur holat nazoratga olindi va o‘rganish ishlari olib borilmoqda deya maʼlum qildi Buxoro hokimligi.

Holat viloyat hokimligi, sektorlar rahbarlari va soha mutasaddilari tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha batafsil axborot beriladi, -  deyiladi rasmiy munosabatda

    Boshqa yangiliklar