1

15-18 dekabr kunlari Toshkentda «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” an`anaviy madaniy meros haftaligi bo`lib o`tadi

Madaniyat 10.12.2020, 15:49
15-18 dekabr kunlari Toshkentda «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” an`anaviy madaniy meros haftaligi bo`lib o`tadi

O`zbekistonning madaniy merosi va buyuk allomalarimizning dunyo tamadduniga qo`shgan hissasiga bag`ishlangan keng qamrovli tadbirlar har yili an`anaviy tarzda o`tkazib kelinmoqda.

Jumladan o`tgan yili bo`lib o`tgan “O`zbekiston – buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” mavzusidagi meros haftaligi o`zining shukuhi va shov-shuvli voqealari bilan ko`pchilikning yodida qoldi.

Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari esa Toshkent shahrida  «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” an`anaviy madaniy meros haftaligi o`tkazilishi ko`zda tutilmoqda.

Haftalikning eng muhim tadbirlaridan biri bo`lgan IV Xalqaro kongress 15 dekabrda Yoshlar ijod saroyida tashkil qilinadi. Bu kongress 2 kun davom etadi.

Ushbu kongressda rasmiy doiralar va xalqaro tashkilotlar vakillari, 40 dan ortiq mamlakatlardan kelgan 300 dan ortiq taniqli kishilar ishtirok etadi. Shuningdek 1000 dan ziyod respublikamizning taniqli olimlari va boshqa nufuzli mehmonlar qatnashadi.

«O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori IV Kongressining ikki kuni xorijiy olimlarning O`zbekiston madaniy boyliklarini tadqiq qilish haqidagi ma`ruzalariga bag`ishlanadi.

Taniqli sharqshunos olimlar o`zbek zaminida yashab o`tgan allomalarning dunyo tamadduniga qo`shgan hissasi, insoniyat tarixida betakror iz qoldirgan hamda ma`rifat, insonparvarlik diniy bag`rikenglikning yuksak namunasini ko`rsatgan birinchi va ikkinchi Renesans davrlarini o`rganishdagi o`zlarining ko`p yillik tadqiqotlari natijalari va olamshumul topilmalari bilan o`rtoqlashadilar.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1