1

Toshkentda o`tadigan Madaniy meros IV kongressida 300 dan ziyod rasmiy doira va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etadi

Madaniyat 10.12.2020, 18:18
Toshkentda o`tadigan  Madaniy meros IV kongressida 300 dan ziyod rasmiy doira va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etadi

2020 yilning 15-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori» an`anaviy madaniy meros haftaligi bo`lib o`tishi kutilmoqda.  

O`zbekistonda ikkinchi marotaba o`tkazilayotgan ushbu meros haftaligi doirasida to`rtinchi Xalqaro kongress bo`lib o`tadi.

Kongressda ishtirok etuvchi 40 dan ortiq mamlakatlardan kelgan 300 dan ziyod rasmiy doiralar, xalqaro tashkilotlar vakillaridan tashqari respublikamizning ko`plab olimlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Kongressning asosiy spikerlari o`z nutqlarida O`zbekiston madaniy merosiga oid mavzularni olib chiqishadi. Jumladan, Oksford Islom tadqiqotlari markazi direktori Farxan Nizami, islom tarixi, san`ati va madaniyati tadqiqot markazi Ircica bosh direktori Xalit Eren, YuNESKOning Olmaotadagi klaster byurosi direktori Krista Pikkat o`z taqdimotlari bilan qatnashadi.

Shuningdek, amerikalik mashhur davlat va siyosat arbobi, butunjahon jamiyati ilmiy kengashi a`zosi Frederik Starr, Albaniya sharqshunoslik markazi direktori Ermal Bega va yana bir qancha chet el olimlari kongressda o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1