Ulug`bek Rahmatullaevning 10 yillik muxlisasi oxirgi sovg`asini tashlab ketgan bo`lishi mumkin.
Xonanda Ulug`bek Rahmatullaev 29 yanvar kuni o`z tavallud ayyomini nishonlaydi. Tavallud ayyomiga bir necha kun bo`lsada, u sovg`alar qabul qilishni boshlab yubordi. Uning Instagramdagi sahifasida yozib qoldirgan navbatdagi “posti” barchani ko`nglini yig`latgan bo`lsa ajabmas.
Unda shunday yozilgan:
“Juda ham chiroyli sovg`ani menga uzoq yillardan beri muxlis bo`lib kelayotgan bir singlim in`om etdi. Garchand tug`ilgan kunimga hali vaqt bo`lsada, ammo shu sovg`ani u vaqtliroq berdi. Sababi oldinda uni bosh miyasida katta operasiya kutayotgan ekan. Shuning uchun u ushbu sovg`a oxirgisi bo`lishi mumkinligini aytib, tashlab ketdi. Ollohdan unga shifo so`rayman, bu sovg`a menga juda qadrli. Bu muxlisam va singlim menga 10 yildan buyon e`tibor qilib keladi. Men juda minnatdorman. Ishonaman hali hammasi yaxshi bo`ladi.”

Fursatdan foydalanib "Darakchi" tahririyati ham xonandaning ashaddiy muxlisasiga operasiya muvafaqqiyatli o`tishini tilab qoladi.





