Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 68 million 165 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 557 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 614 534 yangi holati aniqlandi, 11 983 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (11.12.2020 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:26 holatiga ko`ra) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 69 million 592 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 581 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 14,972 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (9,767 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (6,674 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (2,541 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Fransiya (2,269 milliondan ortiq).





