1

Tez kunda madaniy haftalik doirasida yangi avlod maydoni yaratiladi

Madaniyat 11.12.2020, 17:34
Tez kunda madaniy haftalik doirasida yangi avlod maydoni yaratiladi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-dekabrida start olishi rejalashtirilgan «O`ZBEKISTON MADANIY MEROSI – YaNGI RENESSANS POYDEVORI» IV XALQARO KONGRESSI haftaligining to`rtinchi kuni yosh avlod uchun tariximizga daxldor madaniyat va fan durdonalarini targ`ib qilishga bag`ishlanadi.

Tadbir davomida maxsus interaktiv maydon imkoniyatlari yaratiladi. Unda yosh avlod vakillari yurtimizdagi madaniyat va san`at sohasida ajdod va avlodlar erishib kelayotgan yutuqlar bilan tanishishlari mumkin.

Jumladan, multimedia «baza»lari, tarixiy suratlarni «jonlantiradigan» 3d-installyasiyalar, tarixiy filmlar va kitoblardagi sahnalar bilan tarixiy rekonstruksiyalar, hunarmandlar burchagi, milliy raqslar bo`yicha mahorat-darslari, shuningdek, ekspertlar jamoasi bilan yurtimiz tarixi mavzusida «zakovat» o`yini, hatto tarixiy teatrlashtirilgan rekonstruksiyalar ham tashkil qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1