1

Rashid Malikov: 6 ta kinofilm va 100 ta multfilmimiz restavrasiya bo`lib, O`zbekistonga qaytyapti

Madaniyat 12.12.2020, 12:40
Rashid Malikov: 6 ta kinofilm va 100 ta multfilmimiz restavrasiya bo`lib, O`zbekistonga qaytyapti

15-18 dekabr kunlari bo`lib o`tadigan «O`zbekiston madaniy merosi» haftaligida o`zbek kinomotagrafiyasiga oid bir qancha yangiliklar bo`lishi kutilmoqda. Ulardan biri «Faridaning ikki ming qo`shig`i» kinofilmining namoyishi bo`lib o`tadi.

Bugun «O`zbekkino» MA tomonidan buyurtma qilinib, qo`llab-quvvatlanayotgan badiiy filmlar “Oskar” tomon borayotgani quvonarli. Bu haqda taniqli rejessiyor Rashid Malikov o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

— Ayni paytda juda katta tadbirga tayyorgarlik ko`rilyapti deyishim mumkin. Tez orada O`zbekistonga madaniy meros bo`yicha butun dunyo mutahassislari tashrif buyurishadi. Haftalik doirasid o`tkaziladigan Kongressda katta bahs-munozaralar bo`lib o`tadi. Chunki O`zbekiston nafaqat O`rta Osiyoda balki butun dunyoda madaniy merosga boyligi bilan ajralib turadi. Samarqand, Hiva, Buhorodagi bir qancha obidalar, kitoblar, miniatyuralar... umuman misol qilib ko`rsatiladigan madaniy meros durdonalarimiz juda ko`p. 

Kongressning uchinchi kuni esa aynan kinoga bag`ishlanadi. O`zbekiston kinomatografiyasi dunyodagi eng azaliy qadriyatlardan biri deyishimiz mumkin. Milliy kinomatografiyamiz hatto rivojlangan Indoneziya, Arab Amirliklari, Xitoy kabi bir qancha davlatlarning kinomotagrafiyasidan ham yoshi ulug` hisoblanadi.

Ikkinchidan esa kinolarimizning o`zi ham haqiqiy meros deyishga arziydigan filmlar. “Tohir-Zuhra”, “Alisher Navoiy”, bulardan avvalgi ovozsiz kinofilmlar shular jumlasidan. 

Ushbu kongress doirasida aynan mana shu kabi kinotasmalarning tarixi va o`ziga xos afzalliklari muhokama qilinadi. 

Bundan tashqari, 6 ta film va 100 ta multfilm restavrasiya qilinib, O`zbekistonga qaytarilyapti. Biz hozir ekranlarda ko`rayotgan eski filmlarning sifati talabga javob bermaydi, ular aslidagi kabi emas. Shu kunlarda suratga olinayotgan aksariyat yangi filmlar ham bir kun kelib, madaniy merosimizning bir bo`lagiga aylanadi degan umiddaman. 

Mohigul DIYoRXO`JAEVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1