1

"Faridaning ikki ming qo`shig`i”ni 17 dekabrda "tinglaymiz"

Madaniyat 12.12.2020, 20:16
"Faridaning ikki ming qo`shig`i”ni 17 dekabrda "tinglaymiz"

15-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida o`tkaziladigan "O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” an`anaviy madaniy meros haftaligi doirasida "Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi premerasi bo`lib o`tadi. 

“O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berishicha, haftalikning ilk kuni Yoshlar ijod saroyida Xalqaro kongress tashkil etiladi. 17 dekabr kuni, ya`ni Kongressning 3 kuni O`zbekiston milliy kinematografiyasiga bag`ishlanadi. Aynan shu kuni “O`zbekkino” MA buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Yolqin To`ychievning “Faridaning ikki ming qo`shig`i” badiiy filmi namoyish etiladi. 

Eslatib o`tamiz, mazkur film O`zbekiston Oskar qo`mitasi tomonidan Oskar-2020 mukofotiga nomzod etib ko`rsatilgan.

Film shuningdek, “Moskva premerasi” xalqaro festivalida Gran-pri mukofotini qo`lga kiritdi. "Oltin globus" sovrinining "Eng yaxshi xorijiy film" nominasiyasiga da`vogarlar ro`yxatidan joy oldi.  

Filmda o`tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko`rsatgan ta`siri bir oila misolida ochib beriladi.  

Ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin To`ychiev, postanovkachi operator Bahodir Yo`ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizaev.  

Rollarda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O`ljaeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiqulieva va boshqalar.

Haftalik Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1