AsosiyDunyo

So`nggi sutkada dunyoda 650 mingdan ortiq odam COVID-19 bilan kasallandi

'So`nggi sutkada dunyoda 650 mingdan ortiq odam COVID-19 bilan  kasallandi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 70 million 461 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 599 mingdan ziyod kishi vafot etgan (13.12.2020 yil Evropa vaqti bilan soat 16:58 holatiga ko`ra).  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 649 425 yangi holati aniqlandi, 10 718 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (14.12.2020 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:26 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 72 million 225 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 612 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 15,648 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (9,857 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (6,836 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (2,653 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Fransiya (2,324 milliondan ortiq).

 

    Boshqa yangiliklar