1

Aziz Abduhakimov: “Madaniy meros haftaligi bizni yangi fikrlar, yangi g`oyalar, yangi yondashuvlarga ilhomlantiradi”

Madaniyat 14.12.2020, 16:45
Aziz Abduhakimov: “Madaniy meros haftaligi bizni yangi fikrlar, yangi g`oyalar, yangi yondashuvlarga  ilhomlantiradi”

Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida an`anaviy madaniy meros haftaligi va «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” IV Xalqaro kongressi bo`lib o`tishi haqida xabar bergan edik. Haftalikning muhim tadbiri 15 dekabrda Yoshlar ijod saroyida ochilish marosimi bilan boshlanadi. Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov  madaniy meros haftaligi ahamiyati to`g`risida fikr bildirdi:

– Madaniy meros haftaligida eng yirik ekspertlar qatnashib, o`zlarining O`zbekistonda qo`llanayotgan islohotlar, moddiy va nomoddiy madaniy merosga bo`layotgan e`tibor to`g`risida o`z fikrlarini bildirishadi. O`ylashimcha, hozirgi pandemiya davrida qanchalik qiyin bo`lishiga qaramasdan, shu tadbirni o`tkazayotganimiz O`zbekistonning madaniy merosga e`tibori kuchli ekanliginining yana bir namoyishi bo`ladi. 

O`zbekistonga befarq bo`lmagan ayrim olimlarimiz, etuk mutaxassislarimiz afsuski, pandemiya sababli bu safar o`zlari bevosita tashrif buyurib, haftalikda qatnashishining iloji bo`lmayapti. Shunga qaramasdan, 40 ga yaqin turli davlatlardan eng yirik mutaxassislar O`zbekistonga kelib, tadbirlarda qatnashadigan bo`ldilar. Haftalik doirasida, albatta, madaniy meros bo`yicha xalqaro kongress ham bo`lib o`tadi. 

O`ylaymizki, bu bo`layotgan tadbirlar O`zbekistonning madaniy merosini asrab, rivojlanib kelayotganligi haqida hammaga ma`lumot berish bilan birgalikda, judayam katta targ`ibot-tashviqot ishlariga ham asos solmoqda. Aytib o`tish kerakki, Madaniy meros haftaligi Yunesko bilan hamkorlikda o`tkazilmoqda. 

Bu tadbir orqali xalqaro mutaxassislar bilan fikr almashib, madaniy meros namunalarini tadqiq qilinishi jarayonlari qanday kechayotgani, O`zbekiston yana qaysi masalalar ustida ishlashi zarurligi haqida xulosa qilamiz, yangi fikrlar, yangi g`oyalar, yangi yondashuvlarga ega bo`lamiz va bu platforma olimlarimiz hamda mutaxassislarimizga fikr va tajriba almashuv maydoni bo`lib xizmat qiladi.

                                                                                                                                                                                                                                   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1