1

"O`zbekkino" bilan xalqaro hamkorlikdagi filmlar taqdimoti bo`lib o`tadi

Madaniyat 14.12.2020, 17:09
"O`zbekkino" bilan xalqaro hamkorlikdagi filmlar taqdimoti bo`lib o`tadi

Valdis Pelsh, Djanik Fayziev, Farhod Mahmudov, Elyor Ishmuxamedov va Aleksandr Kessellar "O`zbekkino" bilan hamkorlikdagi filmlar loyihalarini taqdim etishadi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi

Toshkent shahrida «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” an`anaviy madaniy meros haftaligi doirasida, 17 dekabr kuni o`zbekistonlik mashhur rejissyor Janik Fayziev tomonidan “O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Buyuk ipak yo`li” filminining taqdimoti bo`lib o`tadi.  

Rossiyalik taniqli teleboshlovchi va dokumentalist Valdis Pelsh ham agentlik bilan hamkorlikda hujjatli film suratga olishi rejalashtirilgan. Film futuristik janrda bo`lishi kutilmoqda. O`zbekiston madaniy merosi haftaligining milliy kinematografiyaga bag`ishlangan uchinchi kunida ushbu filmning ham taqdimoti bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Rossiyada ijod qilib kelayotgan o`zbekistonlik taniqli aktyor Farhod Mahmudov ham "O`zbekkino" MA bilan hamkorlikda "Pari sovg`asi" deb nomlangan film suratga oladi. Ushbu film 6 yoshdan katta bo`lgan bolalar auditoriyasiga mo`ljallangan bo`lib, ertak janridagi kartina hisoblanadi.  Tasvirga olish ishlari Buxoro, Samarqand va Xivada bo`lib o`tishi  rejalashtirilgan. Ushbu film "VEGA" kinokompaniyasi va "O`zbekkino" MAning hamkorlikdagi mahsuloti hisoblanadi.  

Haftalik doirasida shuningdek, "Al‐Buxoriy" filmi loyihasining taqdimoti o`tkazilishi rejalashtirilgan. Film ssenariy muallifi Odelsha Agishev, rejissyor Elyor Ishmuhammedov. Film buyuk bobokalonimiz Imom al-Buxoriy haqida bo`lib, ushbu kun loyiha ijodkorlari tomonidan filmning qisqacha mazmuni ma`lum qilinib, taqdimoti bo`lib o`tadi.

Shu bilan birga «Sputnik Vostok» kinokompaniyasi  Bosh direktori Aleksandr Kessel tomonidan “Solnse na vkus» filmi taqdimoti o`tkaziladi. "Solnse na vkus" (“Quyosh lazzati”) filmi oila davrasida tomosha qilish uchun mo`ljallangan  bo`lib, sarguzasht-fantaziya janrida suratga olinadi. Filmni 2021 yilning uchinchi choragida taqdim etish  rejalashtirilgan. Joriy yil oktyabr oyida rossiyalik kinoijodkorlar yurtimizga tashrif buyurib, suratga olish joylari bilan tanishib ketishgan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1