Ganya Usmonova 14 dekabr kuni turmushga chiqdi. Bu haqda u o`zining Instagram'dagi sahifasida e`lon qildi.
Bugun tongda Ganya Instagram'ida «Saadi London» brendining oq libosi tasvirlangan postini joylashtirdi.
Keyinchalik, bloger bir yigit bilan tushgan fotosuratini bo`lishgan: rasmda Usmonova oq libosda, bo`lajak eri esa zar iplar bilan naqshlangan chopon kiygan.
Ganyaning vizajisti Anastasiya ham ijtimoiy tarmoqda karnay-surnay sadolari ostidagi kelin kuzatuv marosimi tasvirlangan videoni joylashtirdi.
Usmonovaning turmush o`rtog`i haqida ma`lumotlar yo`q. TBLD.uz saytining eksklyuziv intervyusida ma`lum bo`ldiki, Ganya va turmush o`rtog`i avvaldan tanish bo`lgan.
Yuragimni band etgan inson bilan oila quryapman. Hozir juda mamnun va baxtliman. Mening sevikli yorim bor va biz eng zo`r juftlikmiz, deb ishonaman,- dedi Ganya TBLD'ga bergan intervyusida.
Ilgari Ganya Usmonova tennischi Vaja Uzoqovga turmushga chiqqan edi. To`y 2017 yilda bo`lib o`tgan, ammo er-xotin ko`p o`tmay ajrashgan.