AsosiyMadaniyat

Ernesto Ottone: "O`zbekistonning madaniyat ildizlarini asrash va tadqiq qilish borasidagi sa`y-harakatlari YuNESKO maqsad va vazifalari bilan hamohangdir"

'Ernesto Ottone: "O`zbekistonning madaniyat ildizlarini asrash va tadqiq qilish borasidagi sa`y-harakatlari YuNESKO maqsad va vazifalari bilan hamohangdir"'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida an`anaviy Madaniy meros haftaligi o`z ishini boshladi. Ayni damda haftalikning muhim tadbiri IV Xalqaro kongressning ilk seksiyalarida nufuzli tashkilot vakillari ma`ruza qilmoqda va dunyoga yoyilgan o`zbek merosini tadqiq qilgan xorijiy olimlar o`z tadqiqot natijalari haqida so`zlab bermoqda.

Tadbirning ochilishida YuNESKO bosh direktorining madaniyat ishlari bo`yicha o`rinbosari Ernesto Ottone so`zga chiqdi.

Ottone o`z so`zida O`zbekistonda tashkilot tomonidan Butunjahon merosi sifatida ro`yxatga olingan beshta tarixiy ob`ekt va oltita nomoddiy meros namunasi borligini ta`kidladi. 

“O`zbekistonning madaniy boyliklari mamlakatning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim poydevor bo`lishi mumkin. Madaniyat yodgorliklari jamiyatning barqaror bo`lishi va shaharlarning yanada rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda madaniy meros va xalq ijodiyoti yangi ish o`rinlari tashkil qilish vositasida kambag`allikni tugatishga zamin yaratishi, shu tariqa aholi farovonligiga katta hissa qo`shishi mumkin”, – Ernesto Ottone.

Ekspert O`zbekistonning o`z rivojlanish strategiyasi markazida madaniyat ildizlariga tayanishini yuqori baholadi va bu sa`y-harakatlar YuNESKOning maqsad va vazifalari bilan hamohang ekanligini ta`kidladi.

Manzura BEKJONOVA

    Boshqa yangiliklar