Navoiy viloyati, Navbahor tumanida is gazi bo`yicha yana bir ko`ngilsiz holat sodir bo`ldi. Bu 13 dekabr kuni tunda tumanning “Uchtut” mahallasidagi xonadonlarning birida yuz bergan. human.uz xabarni viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tasdiqlaganini aytmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, opa-singillar uyni isitish maqsadida xonaga chelakda qizigan cho`g` kiritib qo`yib, o`zlari uxlab qolishgan. Ochiq holda chala yongan olovdan is gazi ajralib chiqqan. Oqibatda, 2007 yilda tug`ilgan N.K. voqea joyida halok bo`lgan. S.K. esa shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.






