1

AQShlik mashhur olim Frederik Starr O`zbekistonning me`moriy yodgorliklarini virtual rekonstruksiya qilishni taklif qildi

Madaniyat 15.12.2020, 17:27
AQShlik mashhur olim Frederik Starr O`zbekistonning me`moriy yodgorliklarini virtual rekonstruksiya qilishni taklif qildi

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida an`anaviy Madaniy meros haftaligi o`z ishini boshladi. 

Bo`lib o`tayotgan «O`zbekistonning madaniy merosi - Yangi Uyg`onish davri poydevori» IV Xalqaro kongressi doirasida taniqli olim, AQShdan kelgan tarixchi Frederik Starr kelajakda sayyohlar o`z sayohatlari jarayonidagi taassurotlarni «jonli» his qilishlari uchun O`zbekiston me`moriy yodgorliklarini virtual rekonstruksiya qilishni taklif qildi.

«Bunday loyiha sayyohlik va qadimiy yodgorliklarni sezilarli darajada boyitishi va, albatta, muzey kolleksiyalarini kengaytirishi mumkin.  Ushbu virtual qayta qurish  kelajak avlodlarga o`z tasavvurida o`tmishni qayta tiklashga imkon beradi.  Bu O`zbekiston zaminida azaldan taraqqiy topgan qurilish san`ati uslublari va namunalarini targ`ib qilish orqali jahon arxitekturasi tarixini boyitish uchun katta imkoniyat yaratadi. Aynan shu jihati bilan muhim ahamiyatga egadir », - dedi Frederik Starr.

                                                                                                                                      "Darakchi" muxbiri 

                                                                                                                                   Maryam SATTOROVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1