AsosiyDunyo

Britaniyada Koronavirusning yangi turi tarqaldi

'Britaniyada Koronavirusning yangi turi tarqaldi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada paydo bo`lgan koronavirusning yangi turi uning boshqa turlariga qaraganda yuqumliroq hisoblanadi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining (JSST) koronavirus bo`yicha maxsus vakili Devid Navarro bergan ma`lumotga ko`ra Sky news xabar qilmoqda

Navarro ushbu turdagi virus xavfli emasligini ta`kidlagan. 

"Ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, koronavirusning ushbu turi Buyuk Britaniyada virusga qarshi kurashning ustuvor yo`nalishlarini tubdan o`zgartirmaydi", degan Navarro. 

Shunga qaramay, JSST maxsus vakili odamlarni pandemiya bilan bog`liq vaziyatda hushyor bo`lishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar