AsosiyDunyo

JSST ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 8 443 nafar bemor vafot etdi

'JSST ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 8 443 nafar bemor vafot etdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 71 million 581 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 618 mingdan ziyod kishi vafot etgan (15.12.2020 yil Evropa vaqti bilan soat 18:51 holatiga ko`ra).  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 496 156 yangi holati aniqlandi, 8 443 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (16.12.2020 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:28 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 73 million 475 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 635 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 16,041 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (9,906 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (6,901 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (2,707 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Fransiya (2,338 milliondan ortiq).

 

    Boshqa yangiliklar