1

Bushra Nabbas: "Iordaniyada, birinchi bozor Buxoro ismli odam tomonidan 1940 yillarning boshlarida ochilgan"

Madaniyat 16.12.2020, 12:24
Bushra Nabbas: "Iordaniyada, birinchi bozor Buxoro ismli odam tomonidan 1940 yillarning boshlarida ochilgan"

Madaniy meros haftaligining ikkinchi kuni boshlangani haqida xabar bergan edik. Kongress doirasida ko`plab mutaxassislar o`z ma`ruzalari bilan masofadan turib ham ishtirok etmoqdalar. Jumladan, Iordaniyalik doktor Bushra Nabbas ham o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

Bushra Nabbas: Iordaniya Antik manbalar departamentidagi Butunjahon merosi bo`limi boshlig`i:

"O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasi – bu butun dunyoda yodgorliklari saqlanib kelinayotgan, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishga bag`ishlangan haqiqatan ham noyob madaniy tashabbusdir. Bu loyihadan kutilayotgan ulkan maqsad – O`zbekiston xalqining, ayniqsa, yosh avlod ma`rifatini yuksaltirish, ularga madaniy merosning kengligi va chuqurligini etkazishdir.

"Madaniy meros" loyihasi allaqachon O`zbekiston madaniyati boyligini global auditoriyaga etkazish uchun juda samarali vosita ekanligini isbotladi. Bu O`zbekistonning dunyoga o`rgatadigan narsalari borligini namoyish etadi. O`zbekiston madaniyati haqiqatan ham umumbashariydir.

Bilasizmi, Iordaniyada, birinchi bozor Buxoro ismli odam tomonidan 1940 yillarning boshlarida ochilgan. Ushbu bozor Iordaniya poytaxti Ammandagi eng muhim diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi va mamlakatimizda o`zbek madaniyati ildizlari mavjudligining muhim dalili ekanligini isbotlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1