PFL rahbari Diyor Imomxo`jaev Muxlislar mehri sovriniga Nasaf tepma jamoasi munosib ekanini qayd etdi.
E`tibor bering, Nasaf uchun nafaqat qashqadaryoliklar, balki boshqalar ham muxlislik qilishdi. Nasafning Chempionlar ligasida o`ynay olmasligini hamma muhokama qildi, hamma Nasaf uchun kuyib-pishdi. Men Nasaf muxlisi emasman, ammo... qabilidagi kommentlar bolalab ketdi.
Berdiev jamoasi bunga shunchaki erishmadi. Futbolchilari bir necha oylab maosh olmaganida ham mavsum davomida biror shikoyat kelmadi, hamma tishini tishiga qo`yib chidadi. Nasaf yigitlari faqat futbol o`ynash bilan mashg`ul bo`ldiki, uning ortidagi birorta ishkalda ko`rinish berishmadi. Ular faqat muxlislar uchun o`ynashdi, tomoshabop o`ynashdi. Men Professional futbol ligasining barcha xodimlari nomidan Ro`ziqul Berdiev jamoasiga minnatdorchilik bildirishni istardim.
AGMK va Paxtakorni esa kubok finali bilan muborakbod etamiz. Ular finalgacha haqli ravishda etib kela olishdi.
Mavzuga doir: "Nasaf" nega ketma-ket ikkinchi bor OFK litsenziyasini qo'lga kirita olmadi?






