1

“Madaniy meros” Kongressi mehmonlari “O`zbekfilm”ga tashrif etishdi

Madaniyat 16.12.2020, 21:55
“Madaniy meros” Kongressi mehmonlari “O`zbekfilm”ga tashrif etishdi

Avval xabar berganimizdek Toshkent shahrida Bugun Toshkent shahrida o`tkazilayotgan «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” an`anaviy madaniy meros Kongressi bo`lib o`tdi. Kongress doirasida “O`zbekfilm”ga tashrif uyushtirildi.

“O`zbekfilm” kinostudiyasiga tashrif chog`ida barcha qatnashchilar moderator Rashid Malikov hamda kinostudiya direktori Fotih Jalolov tomonidan yangi rekonstruksiya qilingan bino bilan tanishtirildi. Tashrifda taniqli ssenarist Odelsha Agishev, mahoratli rejissyor Janik Fayziev ishtirok etishdi.  

 “Madaniy meros” Kongressi dasturida belgilanganiday O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Yusuf Roziqovning “O`zbekfilm” haqida: o`tmish va bugun” nomli yangi rekonstruksiya qilingan kinostudiya aks etgan maxsus taqdimoti mehmonlar e`tiboriga havola etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1