Mazkur surat Fransiya Prezidenti Olland tomonidan uning Instagramidagi sahifasiga joylandi.
Hind aktrisasi Ayshvariya Ray Bachchan Fransiya Prezidenti Fransua Olland tomonidan juda iliq kutib olindi. Aktrisa va Prezident o`rtasidagi uchrashuv Dehlida 26 yanvar kuni bo`lib o`tdi.
Ularning suxbati filmlar muhokamasiga asoslangan tarzda o`tdi. Ma`lumotlarga ko`ra, mamlakat rahbari u bilan juda iliq munosabatda bo`lgan.
Ayshvariya yangi "Sarbjit" filmida suratga tushayotgani va juda bandligiga qaramay Fransiya Prezidenti tashkil etgan tushlikka tashrif buyurdi.
Sobiq go`zallik malikasi Fransiya hukumatining “San`at va adabiyot ordeni risari” sanaladi.
Mazkur tadbirga Ayshvariya Ray Bachchan Banarasi dizayneri tomonidan yaratilgan qizil libosni tanladi.






