Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Rossiya Federasiyasi prezidentining 2020 yil 15 dekabrdagi 791-sonli farmoniga ko`ra, mehnat migrantlarining mamlakatda vaqtincha bo`lib turish muddati 2021 yil 15 iyungacha uzaytirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, Rossiya Federasiyasi prezidentining 2020 yil 18 apreldagi 274-sonli farmoni bilan joriy yil 15 iyungacha, 2020 yil 15 iyundagi 392-sonli farmoni bilan joriy yil 15 sentyabrgacha va 2020 yil 23 sentyabrdagi 580-sonli farmoni bilan joriy yil 15 dekabrgacha chet el fuqarolariga mamlakat hududida qonuniy bo`lish huquqini beruvchi barcha hujjatlarning amal qilish muddati uzaytirilgan edi.
Ushbu tartib, Rossiya Federasiyasi hududida 2020 yil 15 martgacha qonuniy bo`lgan chet el fuqarolari uchun amal qiladi.






