1

Albatta O`zbekiston tarixi haqida film bo`lishi kerak, vaqti keldi — Aziz Abduhakimov

Madaniyat 17.12.2020, 19:33
Albatta O`zbekiston tarixi haqida film bo`lishi kerak, vaqti keldi — Aziz Abduhakimov

17 dekabr -  Milliy kinematografiya kuniga bag`ishlab “O`zbekiston madaniy merosi - yangi Uyg`onish davri poydevori” IV Xalqaro kongressi doirasida  “O`zbekiston kinematografiyasi: o`tmish, bugun, kelajak” kinokonferensiyasining ochilish marosimi o`tkazildi. Bu haqda Uzbektourism.uz xabar qilmoqda.  

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov kinematografiya jahon kino makoni madaniyatining muhim tarkibiy qismi ekani va O`zbekiston o`z sharafi bilan chegaralaridan tashqarida ham ma`lum bo`lgan boy kinobiografiyaga ega mamlakat ekani borasida nutq so`zladi. Jumladan, Komil Yormatov, Malik Qayumov, Shuhrat Abbosov kabi nomlar har qanday haqiqiy kino muxlislariga tanishdir. 

“Zamonaviy o`zbek kino san`ati o`zining iste`dodli ijodkorlari hamda filmlari bilan faxrlanishi mumkin. Bugungi kunda kinematografiya sohasiga davlat tomonidan katta e`tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari aytganlaridek, kino - tarbiyaning asosi. Biz kinematograf maktabini ochishimiz kerak. Hozir sifatli rasmlar etishmaydi, lekin yaxshi kino asarlarini ishlashga ishtiyoq bor. Albatta, O`zbekiston tarixi haqida film olinishi kerak, buning vaqti ham keldi”, – dedi Bosh vazir o`rinbosari. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1