AsosiyJamiyat

Namanganda qaysi hokimning “puli ko`p”? 4 ta tuman misolida tahlil qilamiz

'Namanganda qaysi hokimning “puli ko`p”? 4 ta tuman misolida tahlil qilamiz'ning rasmi

Shu kunlarda respublikamizning barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari o`zlarining 2020 yil hisobotlari va kelgusi yil rejalari bo`yicha xalqqa hisobot berishmoqda. Bugun 18 dekabr kuni esa Chust tumani hokimi Bekzod Xamdamov o`z Murojaatnomasini o`qib eshittirildi. Bu biz ishtirok etgan Namangan viloyatidagi 4-tuman hokimligi sessiyasi bo`lib (Namangan, Uychi, Mingbuloq va Chust tumanlari), ushbu tumanlar hokimlari statistikasidan kelib chiqib, ularning iqtisodiy-ijtimoiy ko`rsatkichlari bo`yicha solishtirishga qaror qildik. O`ylaymizki, bu sizga ham qiziq bo`ladi. Reyting natijasi esa sahifa oxirida hisoblanadi.

1. Hududlar toifasiga ko`ra:

Namangan tumani – “yashil”;

Uychi tumani – “sariq”;

Chust tumani – “sariq”;

Mingbuloq tumani – “qizil”.

2. Hokimliklar xazinasida qoladigan ortiqcha tushumlar bo`yicha reyting:

  1. Mingbuloq tumani – 9,5 mlrd. so`m (o`tgan 11 oyda);
  2. Namangan tumani – 8,8 mlrd. so`m (yil yakuniga qadar);
  3. Chust tumani – 5,8 mlrd. so`m (o`tgan 11 oyda);
  4. Uychi tumani – 5 mlrd. so`m (yil yakuniga qadar).

3. “Temir daftar”dan chiqarish bo`yicha reyting:

  1. Mingbuloq tumani – 2353 ta oilalardan 2 135 tasi chiqarilgan  - 90, 7 %;
  2. Chust tumani – 2733 ta oilalardan 2 304 tasi chiqarilgan - 84,3 %;
  3. Uychi tumani – 2415 ta oilardan 1460 tasi chiqarilgan - 60.5 %;
  4. Namangan tumani – 2228 ta oilalardan 1 911 tasi chiqarilgan - 53,4 %.

4. Murojaatnomalar statistikalari hajmi bo`yicha (14 shrift, Calibri):

1. Chust tumani – 42 sahifa, 11680 ta so`z;

2.Namangan tumani – 28 sahifa, 7830 ta so`z;

3. Uychi tumani – 19 sahifa, 5871 ta so`z;

4. Mingbuloq tumani – 16 sahifa, 3527 ta so`z.

5. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo`yicha reyting:

  1. Namangan tumani – 739,9 mlrd. so`m;
  2. Chust tumani – 540.7 mlrd.so`m;
  3. Mingbuloq tumani – 418,3 mlrd. so`m;
  4. Uychi tumani – 154 mlrd. so`m atrofida.

6. Tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar miqdori bo`yicha reyting:

  1. Mingbuloq tumani – 64,4 mlrd. so`m;
  2. Namangan tumani – 54.4 mlrd. so`m;
  3. Uychi tumani – 49,5 mlrd. so`m;
  4. Chust tumani – 28,2 mlrd so`m.

7. Yaratilgan ish o`rinlari bo`yicha reyting:

  1. Uychi tumani – 3546 ta;
  2. Namangan tumani – 3397 ta;
  3. Chust tumani – 1818 ta;
  4. Mingbuloq tumani – 1178 ta.

Natijalar:

Biz statistikalardan kelib chiqib, yuqoridagi 4 ta tumanlarda asl vaziyat aynan shunday, deyish fikridan yiroqmiz. Biz faqat hokimlar bergan hisobotlar asosida ko`z o`ngingizda 7 ta kategoriyalarga ko`ra reyting natijalarini e`lon qilamiz:

1-o`rin. Mingbuloq tumani. “qizil” hudud, yaratilgan yangi ish o`rinlari soni eng kam, lekin eng ko`p byujdet tushumiga ega va tadbirkorlarga eng ko`p kredit ajratgan tuman (4 ta tuman misolida).

2-o`rin. Namangan tumani. “yashil” hudud. Sanoat ishlab chiqarish hajmi bo`yicha eng yuqori, “temir daftar”dan chiqarish bo`yicha eng oxirgi o`rindagi tuman (4 ta tuman misolida).

3-o`rin. Chust tumani. "sariq hudud". Murojaatnomasi eng uzun, tadbirkorlarga kreditlar ajratish bo`yicha oxirgi o`rindagi tuman (4 ta tuman misolida).

4-o`rin. Uychi tumani. "sariq hudud". Yaratilgan ish o`rinlari soni eng yuqori, byudjet tushumlari va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar miqdori bo`yicha eng oxirgi o`rindagi tuman (4 ta tuman misolida).  

Xulosa o`zingizdan!

 

Sardorbek Rahmonqulov

 

    Boshqa yangiliklar