AsosiyMadaniyat

Miniatyura san`ati YuNESKO nomoddiy madaniy meroslari ro`yxatiga kiritildi

'Miniatyura san`ati YuNESKO nomoddiy madaniy meroslari ro`yxatiga kiritildi'ning rasmi

Miniatyura san`ati YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma`lum qildi.

“Miniatyura san`atining YuNESKOning Reprezentativ ro`yxatiga kiritilgani uzoq tarixga ega va O`zbekistonda o`zining eng yuqori cho`qqisiga etgan ushbu san`at turining xalqaro e`tirofidir”, - deya yozgan u Facebook᾽dagi sahifasida.

 YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish bo`yicha hukumatlararo qo`mitasi XV sessiyasida  Kamoliddin Behzod singari ko`plab yorqin va taniqli rassomlar bilan o`zbek miniatyura maktabi ko`p asrlar davomida dunyodagi eng kuchli va eng taniqli maktablardan biri bo`lib qolayotgani ta`kidlandi.

Sputnik nashri ma`lum qilishicha ushbu sessiyada nomoddiy madaniy merosning 42 milliy va ko`p millatli elementi bo`yicha nomzodlar ko`rib chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar