O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raev o`zining “Parijon” deb nomlangan yangi qo`shig`iga birinchi marta videoklip tasvirga tushirmoqda, deb xabar beradi "Uz24.uz"

Bu haqda hofizning to`ng`ich o`g`li Shoh Jahon Jo`raev Instagramdagi sahifasi orqali xabar berdi. Uning ma`lum qilishicha, qo`shiq matni va musiqasi Sherali Jo`raevga tegishli. Klipga rejissyorlikni Shoh Jahon Jo`raev o`z zimmasiga olgan, unga bu ishda hamda tasvirga olishda Shuhrat Mavlonov yordam bermoqda.



Ijtimoiy tarmoqqa joylangan suratlarda klipning tasvirga olish jarayonlarini ko`rish mumkin. Sherali Jo`raev ushbu zamonaviy klipida retro uslubda namoyon bo`lishi kutilmoqda: retro avtomobil, retro uslubdagi libos... Darvoqe, libos g`oyasi ham Shoh Jahon Jo`raevga tegishli.





