Madridning Komplutense universiteti hududida Muhammad Xorazmiy haykali o`rnatildi
Ispaniyaning eng yirik oliy o`quv yurtlaridan biri bo`lgan Komplutense universiteti 1499 yil tashkil etilgan. Bugun u mamlakat universitetlari orasida birinchi o`rinda turadi.
Muhammad Xorazmiy haykali fizika, kimyo va matematika fakultetlari binolari o`rtasida joylashgan bog` hududida o`rnatildi.
O`zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G`aniev o`z so`zida buyuk mutafakkir va olim, bobokalonimiz Muhammad Xorazmiy o`zining kashfiyotlari bilan dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo`shganini ta`kidladi.
Komplutense universiteti rektori Xoakin Goyache Goni barcha zamonlarning daholaridan biri, buyuk mutafakkir Muhammad Xorazmiy haykali universitetning Bilimlar maydonida o`rnatilgani va bu oliy ta`lim muassasasi uchun katta sharaf ekanini qayd etdi.






