O`zbekiston, Armaniston va Qirg`iziston 2020 yilda Rossiyadan parvoz qilish uchun ommabop xorijiy yo`nalishlar bo`ldi. Bundan Tutu.ru safar va sayohatlar xizmati tadqiqoti darak bermoqda.
Shu bilan birga bu mamlakatlarga parvoz qilish uchun o`rtacha chek bir yil ichida 13,7 ming rubl (+10 foiz), 7 ming rubl (+6 foiz) va 12,4 ming rublgacha (+19 foiz) oshgan.
Shuningdek, Turkiya, Moldava, Ozarbayjon, Qozog`iston, Belarus, Tojikiston va Germaniya eng talab yuqori bo`lgan yo`nalishlar o`ntaligiga kirgan.
Rossiya 27 mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni to`xtatib qo`ygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveysariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar o`zaro kelishuvga asosan tiklandi.