Angliyaning sharqida va janubi-sharqida, shu jumladan Londonda, yangi, to`rtinchi darajadagi cheklovlar 20 dekabrdan ishlay boshlaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson aytib o`tgan, deya yozdi meduza.
Xavfning to`rtinchi darajasi e`lon qilingan hududlarga kirish va chiqish taqiqlanadi. Ushbu hududlarning aholisi o`ta zarurat bo`lmaganda uylaridan chiqmasligi kerak. Birgalikda yashamaydigan odamlar faqat ko`chada uchrashishlari mumkin. Faqat zarur do`kon va dorixonalar o`z faoliyatini davom ettiradi. Bundan tashqari, uchta oilaga Rojdestvoda uchrashishga imkon beradigan imtiyoz bekor qilindi.
Yangi cheklovlar kamida ikki hafta davomida amal qiladi. Ular koronavirusning yangi variantining tarqalishi tufayli kiritilmoqda. Jonsonning aytishicha, bu avvalgisidan 70% ko`proq yuqumli bo`lishi mumkin.
20 dekabrdan to`rtinchi darajadagi cheklovlar Uelsda, 26 dekabrdan Shotlandiyada ham qo`llaniladi. Bundan tashqari, Rojdestvo davrida hokimiyat Shotlandiyaning kirish va chiqishini yopadi, deyiladi xabarda.






