27 yanvar, chorshanba kuni Sinay shimolida terakt yuz berdi, deb xabar beradi “TASS”.
Terakt oqibatida to`rt nafar harbiy xizmatchi vafot etdi, yana 12 nafar kishi yaralandi.
Ma`lum qilinishicha, Shimoliy Sinay provinsiyasining poytaxti Al-Arish shahridan janubda armiya zirhli mashinasi yasama bomba yordamida portlatib yuborilgan.
Halok bo`lganlar orasida ofiser va uch nafar muddatli harbiy xizmatchi bo`lgan.





