Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzaev Turkiyada qamoqqa olingani haqida avval xabar bergan edik.
So`ngra Bosh prokuraturada Mirzaev Abdukarimga nisbatan jinoyat ishi mavjud emasligi, unga nisbatan qidiruv ham e`lon qilinmaganligi haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Ayni paytda jurnalistning deportisiya qilinmasligi ma`lum qilindi. Buhaqda Registon TV xabar berdi.
"Registon TV oilasi a`zosi, jurnalist va rejissyor Abdukarim Mirzaev bilan bog`liq xushxabarimiz bor. Istanbul Migrasiya idorasidan olingan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Abdukarim Mirzaev deportasiya qilinmaydi. Uning ozod etilishi esa vaqt bilan vfbog`liq masala.
"Allohdan so`rab, umid qilib aytamizki, tez orada do`stimiz ozod qilinib, barcha shubha va gumonlardan xalos bo`ladi. Siz azizlardan esa sabr va duo so`rab qolamiz", deb yozmoqda Registon TV.






