AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni Podshohligi aviaparvozlarni vaqtincha to`xtatdi

'Saudiya Arabistoni Podshohligi aviaparvozlarni vaqtincha to`xtatdi'ning rasmi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar, Sog`liqni saqlash hamda Haj va umra vazirliklari OAV orqali rasmiy bayonot berib, unda Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutasiyasi (SARS-CoV-2)ning mamlakatda tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan aholiga tibbiy gigienik maslahatlar berdi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, Saudiya Sog`liqni saqlash vazirligining tavsiyasi asosida aholi sog`lig`ini himoya qilish hamda qirollik hududida SARS-CoV-2ning  tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi qat`iy chora-tadbirlar belgilandi:

2020 yil 21 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00dan boshlab, hozircha 1 hafta muddatga (2021 yil 5 yanvarga qadar cho`zish ehtimoli bilan) xalqaro aviaqatnov to`liq to`xtatilib, quruqlikda qo`shni davlatlar bilan chegaralar, Qizil dengiz hamda Fors ko`rfazidagi portlar orqali kirish-chiqish punktlari yopilishi belgilandi.

 2020 yil 21 dekabr kunidan boshlab, Saudiya Arabistoniga kirish vizalarini rasmiylashtirish va chetdan ziyoratchilarni qabul qilish vaqtincha to`xtatiladi.

 Xorijda yurgan va qirollikka qaytayotgan har bir Saudiya Arabistoni fuqarosi 14 kun muddatga stasionar karantinga olinib, qat`iy tibbiy kuzatuvga olinadi.  

Joylarda so`nggi 3 oy ichida Saudiya Arabistoniga kirgan fuqarolar, chet elliklar va rezidentlar antitanalarga diagnostika qilinadi.

Shuningdek, joylarda banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi, ayniqsa aholi gavjum bo`ladigan hududlarda karantin qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi, odamlar ommaviy bo`ladigan ob`ektlar (masjidlar, savdo majmualari, bozorlar va h.k.)da ijtimoiy masofani saqlash va fuqarolarni tibbiy niqobda bo`lishlarini ta`minlash talab etiladi.

️Saudiya Sog`liqni saqlash vazirligi ayni vaqtda Evropa Ittifoqining ayrim davlatlari bilan yangi SARS-CoV-2 shtammning tarqalishini o`rganish chora-tadbirlarini ko`rayotganligi ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar