O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning bu yilgi konsert kunlari aniq bo`ldi.
Xonanda 10-20 aprel kunlari “Istiqlol” san`at saroyida “Mehring sabab” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.
Konsert bannerida uning fonogramma orqali ijro etilishi ma`lum qilingan. Avvalgi sal kam bir oylik konsert jonli ijroda bo`lgani sabab mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida xonandaning ma`muri bilan bog`landik.
- Konsert kunlarini 10 kun deb e`lon qilganimizga sabab, chiptalarning sotuvini kuzatamiz, agar chiptalar qolmasa yana qo`shimcha kunlarni band qilishimiz mumkin. Fonogramma masalasiga keladigan bo`lsak, o`tgan yilgi konsertimizda ham fonogrammada ijro etiladi deb, jonli ijroda konsert qo`yganmiz. Bu yil dastur qanday ijroda bo`lishini hali vaqt ko`rsatadi. Extimol jonli, balki fonogramma bo`lishi ham mumkin.
Yodgorbek YuKSAL





