AsosiyDunyo

Rossiyalik qiz iPhone tufayli halok bo`ldi

'Rossiyalik qiz iPhone tufayli halok bo`ldi'ning rasmi

Smartfondan foydalanishdagi ehtiyotsizlik oqibatida kishilar jarohat olishi va hatto nobud bo`lishi hollari uchrab turadi. Shunday baxtsiz hodisalardan biri yaqinda Rossiyaning Arxangelsk shahrida yuz berdi.

Rossiyada istiqomat qiluvchi 24 yoshli Olesya Semyonova vannada cho`milayotganida smartfonidan ham foydalangan. Bunisi ham mayli-ku, ayfonini zaryadlayotgan ham ekan. Gadjetning sirpanib vannaga tushib ketishi tufayli qizni tok urgan.

Bundan birinchi bo`lib xonadoshi Darya xabar topgan. U kelib, vannada Olesyaning hayot alomatlarisiz – harakat qilmasdan, nafas olmasdan yotganini, rangi oqarib ketganini ko`rgan. Unga teginganida Daryaning o`zini ham tok urgan.

Darya xabar bergach etib kelgan tibbiyot xodimlari ekspertiza o`tkazib, Olesya chindan ham tok urishi oqibatida hayotdan ko`z yumganini tasdiqlashgan. Shu munosabat bilan Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi elektrik uskunalarni har qanday holatda ham suv yonida ishlatmaslik lozimligini yana bir bor eslatgan. Bu qoida smartfonlarga ham, oddiy tugmachali telefonlarga ham birdek tegishli.

    Boshqa yangiliklar