AsosiyShou-biznes

Zebo Navro`zova Asal Shodieva haqidagi fikrlarini aytdi

Rejissyor Zebo Navro`zova o`g`illari va ijodiga oid savollarga javob berdi.

Gazeta muxbirining “Aktrisa Asal Shodievani bo`lg`usi kelinlikka o`zingiz tanlagan edingiz, ammo negadir ikki yoshning munosabatlari uzoqqa cho`zilmadi. Nima sababdan ularning munosabatlari to`y bilan yakun topmadi?” degan savoliga Zebo Navro`zova “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida quyidagicha javob berdi:

-Haqiqatdan ham, Asal Shodievani o`zim tanlaganman.  O`zini, oilasini hurmat qilaman. San`atkor bo`lsa ham hayoli, to`g`riso`z, har xil ortiqcha mashg`ulotlarga ishqiboz emas. Suratga olish ishlaridan bo`shadimi, uyiga boradi, bemavrid ko`chaga chiqmaydigan qiz. San`atkorlar orasida bundaylar juda kam, sababi san`at ahlining yurishi, ko`chada yumushi ko`p bo`ladi. Shohruhxon ham uni hurmat qiladi, ular do`st. Savolingizga aniq javob berishim qiyin. Ular birga bo`ladimi yoki yo`q, buni hayot ko`rsatadi.  

    Boshqa yangiliklar