Texas shtatidagi Grand Preri shahrida kichik samolyot qulab tushdi va ikki kishi halok bo`ldi.
Mahalliy polisiya ma`lumotlariga ko`ra , «dushanba kuni taxminan soat 14:54 da Grand Prerining o`t o`chirish boshqarmasiga kichik yo`lovchi samolyoti qulashi haqida xabar kelib tushgan.
Tasdiqlangan ma`lumotlarga ko`ra, ikki kishi vafot etdi», - deyiladi shahar ma`muriyati saytida. Samolyot Dentondan (Texas shtati) uchib, Grand Preyri munisipal aeroportiga qo`ndi. Biroq samolyot yana havoga ko`tarildi va bir necha daqiqadan so`ng qulab tushdi.
NBC telekanalining xabar berishicha, bortida ikki kishi bo`lgan samolyot telefon kabelni ilib ketgan. U taxminan 500 fut (152 m) yurgan va mashinaga urilgan. Voqea sodir bo`lgan joydan mashinada bo`lgan kishini kasalxonaga etkazilgan.
AQSh Federal aviasiya ma`muriyati ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.






