BioNTech rahbarining aytishicha, uning kompaniyasi, agar kerak bo`lsa, yangi COVID-19 shtammiga qarshi vaksinani olti hafta ichida taqdim etishi mumkin, deya yozdi interfax.
"Texnik jihatdan olti hafta ichida yangi vaksinani joriy etishimiz mumkin", - dedi Shaxin. U kompaniyasining vaksinalarni ishlab chiqarish bo`yicha maxsus texnologiyasi bunga qisqa vaqt ichida erishishga imkon berishini ta`kidladi.
Shuningdek, u o`zining kompaniyasi tomonidan allaqachon ishlab chiqarilgan Amerikaning Pfizer konserni bilan birgalikda ishlab chiqarilgan vaksinaning Buyuk Britaniyada tarqalgan koronavirus mutasiyasiga qarshi samarali bo`lishini ta`kidladi.
"Tadqiqotlar o`tkazilgach, aniq bilib olamiz va bu taxminan ikki hafta davom etadi. Ammo bizning vaksinamizning ishlash ehtimoli juda yuqori", - deya qo`shimcha qildi olim.






