Rossiya IIV ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilda mamlakatning turli hududlarida xorijiy ishchi kuchi 20 dan 50 foizgacha qisqargan.
Mehnat migrantlarining xizmat ko`rsatish sohasida 33,5 foiz, uy xo`jaligi sohasida 28,6 foiz, suv ta`minoti, chiqindi suvlarni yo`q qilish, chiqindilarni yig`ish va yo`q qilish sohasida 25,8 foiz va qurilish sohasida 22,2 foiz kamayishi kuzatilgan.
Joriy yil noyabr oyi boshi holatiga ko`ra, Rossiyada 1,88 millionga yaqin chet el fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bo`lsa, o`tgan yilda ularning soni 2,35 millionni tashkil etgan.
Ayniqsa, Rossiyaning Uzoq Sharq, Volga bo`yi va Ural federal okruglaridagi qurilish ob`ektlarida mehnat migrantlarining etishmasligi muammoga aylanmoqda.
Ayni paytda xorijiy ishchi kuchi etishmasligi sababli uy-joylarni qurish jarayoni 30 foizga pasaygan.






