AsosiyDunyo

“Islom davlati” Yamandagi prezident qarorgohi yaqinida portlash sodir etdi

Yamanning vaqtinchalik poytaxti Adan shahrida joylashgan prezident Abdu Rabbo Mansur Xodining qarorgohiga kirish joyida kuchli portlash sodir bo`ldi, deb xabar beradi “TASS”.

 Mina joylashtirilgan avtomobil “Al-Maashiq” saroyi yaqinida portlab ketgan. Xudkush terrorchi tomonidan boshqarilgan avtomobil portlagach, prezident qarorgohiga kirish eshigi yonida havoga uchib ketgan.

Mahalliy OAVlarning ma`lumotlariga ko`ra, terrorchilarning maqsadi shu paytda qarorgohda bo`lgan Adan shahri gubernatori bo`lgan bo`lishi mumkin.
Reuters axborot agentligining xabar berishicha, mazkur terakt javobgarligini “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti o`z bo`yniga olgan.

 "Portlashni Abu Xanifa al-Xollandi ismli xudkush terrorchi sodir etdi”, — deyiladi xabarda.

Terrorchilik guruhining jangarilari ta`kidlashicha,portlash oqibatida prezident saroyida xizmat qiluvchi o`nga yaqin xavfsizlik xizmati xodimlari halok bo`lgan, yana 20 kishi yaralangan.

 Avvalroq sakkiz kishining halok bo`lgani va 12 kishining jarohatlangani ta`kidlangan edi.

    Boshqa yangiliklar