Koronavirusga chalingan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning sog`lig`i yaxshilandi. U ertaga, 25 dekabrdan boshlab izolyasiya rejimidan chiqishi mumkin. Bu haqda Elisey saroyi ma`lum qilgan.
Fransiya Prezidenti Covid-19'ning o`zida kechgan alomatlarini hozirgi kungacha taqdim etmagan edi.
Fransiyada amalda bo`lgan sog`liqni saqlash protokoliga muvofiq, Prezident izolyasiyasi 7 kundan keyin tugashi mumkin.






