Avval xabar berganimizdek, professional boksning o`ta engil (-48,99 kg) vazn toifasida ringga ko`tarilayotgan Hasanboy Do`smatov (1-0, 1 KO) 24 dekabr kuni o`zining ikkinchi jangini o`tkazdi.
Ma`lum bo`lishicha, aslida Hasanboy Pavel Gunchenkoga qarshi ringga chiqishi lozim edi, ammo jangga bir kun qolganda uning raqibi o`zgardi va Hasanboy asli andijonlik, hozirda Rossiyada istiqomat qilayotgan Odiljon Sotkinovga qarshi ringga chiqdi.
Jangning birinchi raundidayoq Hasanboy raqibini to`rt marta nokdaun holatiga tushirib qo`ydi. To`rtinchi nokdaundan so`ng hakam jangni to`xtatdi va Do`smatovning muddatidan oldin g`alabasini qayd etdi.