Parij Disneylendida qurollangan erkak qo`lga olindi, deb xabar beradi “Ewronews” nashri.
Polisiya noxush voqeaning sabablarini aniqlash maqsadida ishga kirishdi. Qonunni himoya qiluvchi idoralardan olingan manbalarga ko`ra, hali hujjatlar terrozim bilan bog`liq jinoiy ishlar bilan shug`ullanuvchi prokuraturaga yuborilmagan.
Erkak “Nyu-York” mehmonxonasiga kirayotganda tekshiruvdan o`tkazilganda yonidan ikki dona pistolet, patronlar va “Qur`on” kitobining nusxasi topilgan. Ba`zi bir mahalliy ommaviy axborot vositalari bu taxminni rad etmoqda.
Notanish erkakning cho`ntagida uning Parijda yashaganligini tasdiqlovchi hujjat bo`lgan. Uning avtomobili xavfsiz joyga ko`chirilgan. Polisiya unga hamrohlik qilgan ayolni qidirmoqda.
Noyabr oyida Fransiyada ro`y bergan qonli terroristik harakatdan keyin mamlakatda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.





