AsosiyJamiyat

Jizzax hokimi qizining 2 milliard so`mlik tenderda g`olib bo`lgani bo`yicha tekshirish boshlandi

'Jizzax  hokimi qizining 2 milliard so`mlik tenderda  g`olib bo`lgani bo`yicha tekshirish boshlandi'ning rasmi

Avvalroq, "Bizda tasodiflar bo`lmaydi: Jizzax ko`chalarini bezash uchun hokim qizining MChJsidan milliard so`mlik gullar sotib olingan" deya xabar bergan edik. Bu masala yuzasidan ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Jizzax viloyatidagi tanlov holati yuzasidan so`rov yuborilgani xabar qilindi.

Ma`lum qilinishicha, Davlat xaridlari sohasidagi shartnomalarning ochiq ma`lumotlar portalida e`lon qilinishi natijasida tizim shaffoflashgan.  

Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda faol fuqarolar sa`y-harakatlari tufayli mazkur sohadagi korrupsion va manfaatlar to`qnashuvi aks etgan bo`lishi mumkin bo`lgan holatlar ham yuzaga chiqmoqda.  

Jumladan, Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi Jizzax shahrini obodonlashtirish maqsadida o`tkazgan tanlovi masalasi qator muhokamalarni keltirib chiqargan.  

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o`z vakolatlari doirasida mazkur holat bo`yicha o`rganishni boshlagan.  

Ta`kidlanishicha, o`rganishlar natijalari bo`yicha OAV va keng jamoatchilikka batafsil ma`lumot beriladi.

Bundan tashqari Agentlik tomonidan davlat xaridlari sohasida uchrayotgan tizimli qonun buzilish holatlari tahlilidan kelib chiqqan holda mazkur jarayonda yuzaga kelayotgan korrupsion holat va manfaatlar to`qnashuvini tartibga soluvchi va javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadigan takliflar ishlab chiqilayotgani ma`lum qilinadi.  

 

    Boshqa yangiliklar