25 dekabr kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon COVID-19 vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda Saudiya matbuot agentligi xabar bergan.
O`z navbatida, Saudiya Arabistoni Sog`liqni saqlash vaziri doktor Tavfiq al-Rabiyo valiahd shahzodaga aholini vaksina bilan ta`minlashga bo`lgan intilishi va doimiy kuzatuvi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Saudiya Arabistonida allqachon besh yuz ming kishi vaksina qabul qilishga onlayn tarzda ro`yxatdan o`tib bo`ldi. Bu mamlakatda so`nggi 24 soat ichida 178 ta yangi koronavirus holati aniqlangan bo`lib, ayni paytda kasallanganlarning umumiy soni 361 903 nafarni, qurbonlar soni esa 6186 nafarni tashkil qilmoqda.






