Xonadagi normal namlik 40 - 60 foizni tashkil etishi kerak. Namlik darajasi 42-48 foizgacha bo`lsa, inson osongina stressga chidaydi. Namlik ko`tarilganda yoki tushganda esa bu holat og`irlashadi.
Yuqori namlik darajasi nimasi bilan xavfli?
Allergik reaksiyalar xavfi ortadi. Allergiya keltirib chiqaradigan chang va zamburug` (mog`or) nisbiy namlik 80 foizga etganda rivojlanadi.
Toksik bug`lar ko`proq ajraladi. Namlik qancha yuqori bo`lsa, uy qurilishida ishlatilgan materiallar (laminat, izolyasion material, DSP)dan toksik gaz - formaldegid ajralib chiqadi.
Past darajali namlik nimasi bilan xavfli?
Ko`z va burun shilliq pardalari quriydi. Burundagi quruqlik mahalliy immunitetni pasaytiradi va nafas olish yo`llari infeksiyasini yuqtirish xavfini oshiradi. Ko`zlarning quruqligi "quruq ko`zlar sindromi"ga olib keladi.