2021 yilning 1 yanvaridan Farg`ona viloyatida qoidabuzarliklarni aniqlashda dronlardan foydalaniladi. Bu haqda Farg`ona viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, ushbu qurilmalar yordamida kunu tun patrullik tashkil etilib, belgilangan tezlikka, yo`l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o`tish joylarida piyodalarga yo`l bermagan haydovchilar, shuningdek, jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanmagan hamda jamoat tartibini buzgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik fiksasiya qilinadi.
«Hurmatli fuqarolar, maqsadimiz sizlarni jarimaga tortib, moliyaviy ziyon etkazish emas. Aksincha inson hayoti va sog`lig`iga daxldor bo`lgan qoidalarga amal qilishingizni ta`minlashga qaratilgan», – deyiladi xabarida.






