Bu haqda Prezidentning Parlamentga Murojaatnomasida ma`lum qilindi.
Unga ko`ra, 2005 yilgacha O`zbekistonga kelib, doimiy yashayotgan, fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga ham to`g`ridan-to`g`ri O`zbekiston fuqaroligi beriladi. Bu o`zgarish bilan mamlakatda yashab kelayotgan yana 20 ming kishi fuqarolik oladi.
Bundan buyon O`zbekistonda 15 yil davomida muqim yashagan fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga to`g`ridan-to`g`ri fuqarolik berish tartibi joriy etiladi.
Murojaatnoma davom etmoqda.






