1

Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o`tkazilishi kerak — Shavkat Mirziyoev

Siyosat 29.12.2020, 18:22
Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o`tkazilishi kerak — Shavkat Mirziyoev

Avval xabar berganimizdek, bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo`lib o`tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo`llagan Murojaatnomasida 2021 yilda o`tkaziladigan «davlat va xalq hayotidagi muhim siyosiy hodisa» — prezidentlik saylovlari masalasiga to`xtalib o`tdi.

Shavkat Mirziyoev Markaziy saylov komissiyasi «bo`lajak saylovlarning milliy qonunchilik va umume`tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e`tibor qaratishi» lozimligini ta`kidlab o`tgan.

«O`tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish ishlarini davom ettiramiz», — deya qayd etadi davlat rahbari.

Prezident ushbu muhim siyosiy kampaniya «yangi O`zbekiston sharoitida saylovchilar, barcha fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati, dunyoqarashi, fuqarolik pozisiyasi yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etishiga» ishonch bildirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1